Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yoz

Dalada tovlanar oltin boshoqlar,

Jilg‘alar bir-birin asta quvlashar.

Kishiga ayni yoz barq urgan chog‘lar

Daraxtlar qo‘l cho‘zib meva ulashar.

Zarrin nur taratar ko‘kning xoqoni,

Ezgulik taftida siylanadi yer.

Pokiza tuproqni bezaydi shonli

Kishi ziynatining ifodasi – ter.

Har lahza musaffo osmonni bezab,

Parvoz aylab qushlar kuylashadi roz.

Baxsh etib dunyoga o‘zgacha pardoz,

Zavqning qo‘llaridan tutib keldi yoz!

Dinora YO‘LDOSHEVA,

Samarqand san’at kolleji 2-bosqich o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.