Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob va yomg‘ir

Yomg‘ir yog‘moqdadir zamin bag‘rida,

U yerning ostiga singib ketmoqda.

Ammo asl ma’no uning sahnida,

Yashil o‘tloqlarni bunyod etmoqda.

 

Yomg‘irga maslakdosh kitoblar erur,

Ular vazifasi doim mushtarak.

Yomg‘ir ona yerga hayot baxsh qilur,

Kitob-chi, insonni komil etajak.

 

Gullasa, gullari hikmatli so‘zdir,

Tukkanda mevasin der – ma’naviyat.

U inson ongini bo‘ston etgaydir,

Kamolotga yo‘lchi yulduzdir, albat.

 

Gulira’no ANVAROVA,

Qashqadaryo vildoyati Dehqonobod tumani 82-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.