Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oʻzbekiston Vatanim

Oʻzbekiston Vatanim,

Oʻzingsan ona yurtim.

Bagʻringda bolang kabi,

Ulgʻaydim, davrim surdim.

 

“Intilganga tole yor”,

Degan goʻzal hikmat bor.

Oʻqib, oʻrganib bir kun

Boʻlaman senga dastyor.

 

Sen buyuksan yagona,

Noming mashhur jahona.

Mendek minglab qizlarga,

Oʻzingsan buyuk ona.

 

Tursunoy ABDULLAYEVA,

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi

4-maktabning 10-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.