Oʻzbek onasi
Soʻzi mehrligim, yuzi nurligim.
Dunyoning koʻrkidir oʻzbek onasi.
Qoʻli gul-u qalbi billur kabi sof,
Alvon gullar ichra bitta donasi.
Sochlarini shamol silab ohista,
Allalar beshikda koʻzi qorasin.
Koʻhinur misoli bebaho boylik,
Topolmassan izlab yer-koʻk orasin.
Bir bora jilmaysa olam yorishar,
Xijolatdan yuzin bekitar quyosh.
Ummonlar chayqalib, toʻlib ham toshar,
Agarda olamda ona toʻksa yosh.
Bilamiz samodir adadsiz sarhad,
Ona bagʻrimasmi undan ziyoda?
Tabassumi tunni aylarkan kunduz,
Onamizdir asli olmos, dur shoda.
Kulishiga oʻzim boʻlay qoqindiq,
Doimo quvnasin oʻzbek onasi.
Quvonchi yurakni ilitsin har dam,
Dunyoda bor boʻlsin oʻzbek onasi.
Madina FURQATOVA,
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi
40-IDUM 8-sinf oʻquvchisi