Nurli boʻstonim
Koʻnglimdan joy olmish sohir bir navo,
Boshqalar bir dunyo, men oʻzga dunyo.
Bir ojiz qalamim qoʻlda hamrohim,
Soʻzning ishqi meni qilmoqda ado.
Yaralgandan beri bu koʻhna ochun,
Qancha oshiq ashʼor bitdi sen uchun.
Men ham soʻz zargari boʻlmoq istayman,
Soʻzning ishqi meni qilmoqda zabun.
Yuzlanaman senga dilda armonim,
Sen mening borligʻim, jonim, jahonim.
Yashayman to abad sen bilan birga,
Sheʼriyat atalmish nurli boʻstonim.
Bu gulshanning shoh-u sultonlari bor,
Men oshiqning dilda armonlari bor,
Kun kelib sheʼrxonlar degaylar toki:
“Gulmiraning goʻzal ashʼorlari bor”.
Gulmira RAVSHANBEKOVA,
Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi