Qand oʻgit
Bobom bilan buvimning,
Qoʻllariga suv quyib.
Oppoq sochiq tutaman,
“Balli” deydilar suyib.
Suhbatlarin olaman,
Soʻzlaridir oʻgit, pand.
Dildan quloq solaman,
Nasihati goʻyo qand.
Dilobar YOʻLDOSHEVA,
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi
6-maktabning 8-sinf oʻquvchisi