Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tilak

Yaratmoqchi boʻlsang baxtning kitobin,

Yoʻlingda toʻsiqlar paydodir, inon.

Lekin ularga hech eʼtibor berma,

“INSON” maqomini olgan ey, inson!

 

Shodlikdan bezagin umringni shodon,

Yorqin porlab tursin uning har satri.

Gʻamlar kelolmasin hatto qoshingga,

His qilma umuman alamning zahrin.

 

Dilingda yashasin faqat hayajon,

Yuzingda ufursin dilbar tabassum.

Taʼmini totmagin azob va dardning,

Joʻshqin kulgularing soʻnmasin bir zum.

 

Yuraging quvonchdan ursin hapqirib,

Gʻam soya solmasin, shudir oʻtinchim.

Qaygular tiz choʻksin sening poyingga,

Boshin egib tursin soʻz deyolmay jim...

 

Chin baxtdan yaralsin umr kitobing!

 

Nasiba BOSHMONOVA,

Jizzax viloyati Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.