Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ochkoʻzning jazosi

Qadim zamonda ishtahasi karnay, yebto‘ymas Olmaxon bor ekan. U kun bo‘yi o‘rmondan yiqqanini tuni bilan yeb chiqarkan. Qishning g‘amini, ertasini hech o‘ylamas ekan. Bir kuni onasi uni yoniga chorlab, tanbeh beribdi:

–  Olmaxoncham, men seni kuzatib kelyapman. Sen shu kunlarda juda ko‘p yong‘oq, meva-cheva va urug‘larni yeb tashlayapsan. Bu odating oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi. Ahvolingga qara! Se­mi­rib ketyapsan. Hali daraxt ko­vagidan  sig‘may qolasan, deb qo‘rqaman, – debdi. Shunda yeb to‘ymas Olmaxon baqirib:

–  Sizlarni ishingiz bo‘lmasin. Semirsam o‘zimga! Qancha ko‘p yesam, shuncha baquvvat bo‘laman. Men hali buni sizlarga isbotlayman! – deb kovakdan yugurib chiqib ketibdi.

Olmaxon alam bilan o‘rmondagi duch kelgan yegulikni kemirib ketaveribdi. Kechgacha qorni shishib, zo‘rg‘a yuradigan bo‘lib qolibdi. Bu paytda o‘rmonda och bo‘ri izg‘ib yurgan ekan. Ko‘zi nogoh o‘sha olmaxonga tushibdi. Olmaxon ham uni payqab qochmoqqa shaylanibdi. Ammo, qancha chiranmasin, semizligidan yugurishga mador topolmay, bo‘ri changaliga tushibdi.

 

Saidikrom SULTONOV,

Yashnobod tumanidagi 198-maktab o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.