Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Onamga o‘xshaysan

Seni ulug‘layman, onajon yurtim,

Dovrug‘ing yoyaman butun olamga.

Bizlar quchog‘ingda ungan avlodmiz,

Vatanim, o‘xshaysan mening onamga.

 

Madhiyangni tinglab g‘urur tuyaman,

Qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib salomga.

Senga sodiq farzand bo‘lmoq orzuim,

Vatanim, o‘xshaysan mening onamga.

 

Go‘zal ABDUVOITOVA,

Toshkent viloyati Bekobod tumani,

19-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.