Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yomg‘ir

Tunda tinglab shamolning

G‘iybat shivir-shivirin.

Tongda bulut alamdan

To‘kdi shitir-shitirin.

 

G‘iybatni xush ko‘rmaydi,

Bulut uyib qovog‘in.

Arazladi tun-u kun,

To‘xtatolmay adog‘in.

 

O‘t-o‘lanning rahmatin,

Tinglab har yon sochildi.

Quyosh ko‘kda charaqlab,

Bahri dili ochildi.

 

Fayoza ABDURAHMONOVA,

Qarshi iqtisodiyot kolleji o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.