Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

O‘rik guli

O‘rik novdalari

Tutib guldasta,

Gulladi, barg yozdi,

Bahorda asta.

 

Maqtovdan qizardi

Gulning yonog‘i.

Yoqut tusga kirdi

Baxmal dudog‘i.

 

Barglar orasidan

Yozda mo‘ralab,

“Meni terib yegin”,

Deydi saralab.

 

Nurida OLLOBERGANOVA,

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani 17-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.