Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2017-yil 3-son

  • Bahor

    Shodlanadi O‘zbekistonim

    Quyoshni toj qilib boshiga.

    Peshvoz chiqar ona bo‘stonim,

    Bahor kelsa uning qoshiga.

     

    Har bir giyoh, har maysa, kurtak

    Yangi fasl mehridan qongay.

    Binafshalar taratib ifor

    Jilg‘alarda hayot uyg‘ongay.

     

    Sho‘x boladek erka shamollar

    Olib uchar yalpiz bo‘yini.

    Adirlarda

    ...
  • Yaxshilikni sog‘ingan dillar

    Uzoq vaqt qish uyqusida mudrab yotgan ona tabiat bahor quyoshining iliq taftini quchoq ochib qarshi oldi. Nafaqat tabiat, balki ko‘klamni, oftob nurlarini, yashillikni sog‘ingan elimiz bu yilgi bahorni o‘zgacha intiqlik bilan kutdi. Bag‘riga nur yugurib ko‘zini ochgan zamin astagina yashillikka burkanib atrofga ajib, go‘zal manzaraning suratini chiza boshladi. Bahor fasli yurtimizga

    ...
  • Shoira orzusidagi qizlar

    Bahor kelishi bilan odamlar ko‘nglida kurtak otayotgan iliqlik va xurramlik samimiy suhbatlar mavzusiga aylangan. O‘zbek ayolining chinakam timsoli, vafo kuychisi Zulfiya aytib o‘tganidek:

     

    Salqin saharlarda, bodom gulida,

    Binafsha labida, yerlarda bahor.

    Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

    Baxmal vodiylarda, qirlarda

    ...
  • “Aqlli” do‘ppi

    Dunyoda yon-atrofidagi yordamga muhtoj insonlar taqdiriga befarq qaray olmaydigan tengqurlaringiz ko‘p. Ular imkon qadar imkoniyati cheklangan odamlar og‘irini yengil qilish uchun izlanishadi. Turmush tarzida foydalanadigan yordamchi qurilmalar ixtiro qilishga harakat qilishadi.

    Sattigali Jo‘ldasboy ana shunday izlanuvchan tengdoshlaringizdan biri. U Aktaudagi (Qozog‘iston) Nazarboyev

    ...
  • Insonni ulug‘lagan ijodkor

    O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov yillar davomida o‘z ahamiyati va qadrini yo‘qotmay kelayotgan asarlar yaratgan adibdir. Orangizda uning asarlarini o‘qimagan, ulardan zavq olmagan o‘quvchi topilmasa kerak. Ijodkorning dardi ham, quvonchi ham yuragingizga yaqin. Tili sodda, ravon va samimiy... Shuning uchun bo‘lsa kerak bu yozuvchi asarlari qayta-qayta nashr qilinayotgan,

    ...
  • Sen bahorni sog‘inmadingmi?

    Yodnoma

     

    ABDULLA ORIPOV!Biz sevgan benazir shoir! Ulug‘likning yana bir yorqin namunasi...

    Yuzlab, minglab muxlislari hamisha shoirning maftunkor she’riyati shaydosi bo‘ldi.

    Shoirning kitoblari, she’r va dostonlari kirib bormagan xonadon, turli mavzuda yozilgan o‘tli she’rlarini o‘qib, “voh” demagan kishining o‘zi

    ...
  • O‘zimizning shoirimiz

    O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning 70 yillik tavallud kuniga

     

    Anvar aka! O‘qidim –

    Jurnalda bir hazil she’r.

    Unda sizni muallif

    “O‘zbek Anderseni” der.

    Kitobingiz varaqlab,

    O‘ylab qoldim o‘zimcha.

    O‘sha so‘zga, albatta,

    Zarur ekan qo‘shimcha.

    Qahramonlaringiz ko‘p

    ...
  • G‘ururdan dengizday toshib kuyladim

    Binafsha

    Qahratonda yerga to‘shalgan qor,

    Mening ko‘nglim tusab qolar binafsha.

    Dilim tag-tagidan erka bir viqor,

    O‘rar chirmoviqday xushbo‘y bir nash’a.

     

    Eng xushro‘y, eng ko‘rkam gullarning atrin

    Na bo‘y, na husniga etolmam qiyos.

    Beqiyosdir hushni elitgan bahri,

    Tun yostiqda so‘lgan binafshaga

    ...
  • Yuvvoshning sarguzashti

    “O‘zbekiston” NMIUda yozuvchi Muhabbat Hamidovaning “Hakka xolaning hangomalari” nomli kitobi bosmadan chiqdi. Hakka xolaning sarguzashlarga boy hangomalarini o‘qigach, qalbingizda ona tabiatga bo‘lgan mehringiz oshadi. Hovlingizdagi, bog‘ingizdagi daraxtlarda shoxdan shoxga sakrab, o‘zlaricha chug‘urlashayotgan turfa qushlarning ham o‘z hayoti borligini, ularga hamisha sizning

    ...
  • Qo‘shimch dars – bu…

    Qadrli o‘quvchilar! Ko‘pchiligingiz maktabda a’lo baholarga o‘qisangiz-da, yanada bilimdon, zukko bo‘lish maqsadida qo‘shimcha darslarga, turli to‘garaklarga qatnashasiz. O‘zingizdagi qobiliyatni yuzaga chiqarib darslarni yaxshi o‘zlashtirayotganingizdan sevinasiz. Ammo, ba’zan o‘rtog‘ingiz qo‘shimcha darslarda toliqayotgani, o‘zi istamagan mashg‘ulotlarga ota-onasi ixtiyori bilan borayotgani

    ...
  • O‘rigimiz endi gullamaydi

    Men “Gulxan” jurnalini sevib o‘qiyman. Uning har sahifasi men uchun qiziqarli. Jurnalda rasmi va she’rlari chiqayotgan tengqurlarimni ko‘rib havasim keladi. She’rlarim va suratim “Gulxan”da chiqsa juda xursand bo‘lar edim. Men she’r va ertaklarimni xuddi qadimdagi bobo-momolarimiz singari qorong‘u kechalarda sham yorug‘ida yozaman. Nega desangiz, bizning qishloqqa kuni bilan atigi bir yoki

    ...
  • Qaldirg‘och

    Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och,

    Bahor keldi qaytaqol.

    In qurginda ayvonga,

    Qo‘shig‘ingni aytaqol.

     

    Ohanging menga tanish

    Ashulangni tinglayman,

    Seni yaxshi ko‘raman,

    Sira hafa qilmayman.

     

    Saidaziz SAMATOV,

    Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-maktab 5-sinf

  • Dunyoga ochilgan eshiklar

    Kasb tanlash ostonasida

    Axborot asrida g‘oya, fikr, innovatsion loyiha oltindan qimmat baholanmoqda. O‘zining biznes rejalari, tadbirkorlik harakati bilan yangilik yaratishga intilayotgan tengdoshlaringizga banklar tomonidan foizsiz kreditlar ajratilmoqda. Hali o‘quvchi bo‘la turib, stipendiya olayotgan yoshlarimiz bor. Bugun sizlarga tadbirkorlar va

    ...
  • Gul fasli

    Qizg‘aldoqlar dugonam,

    Maysalar mening do‘stim.

    Qaldirg‘ochga qo‘l cho‘zib,

    Ko‘nglim tog‘ kabi o‘sdi.

     

    Shoxlar gulga burkanib,

    Varraklar parvoz qildi.

    Adirlar turfa rangda

    Saharlab pardoz qildi.

     

    Mehrijamol TEMIRBEKOVA,

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani 15-maktab 7-sinf

  • Ko‘klam keldi

    Sumalaklar erigach,

    Yaproq yozdi kurtaklar.

    Erta qaytgan turnalar

    Aytdi ajib ertaklar.

     

    Maysalar shudring ichib,

    Ko‘zin ochdi chechaklar.

    Qirda ko‘klam ko‘rk yoydi,

    Gulga to‘ldi etaklar.

     

     

    Gulnora ABDUQAYUMOVA,

    Toshkent viloyati Piskent tumani 5-maktab 4-sinf

  • Havas

    Kuzda uchib ketgan bu ozod qushlar,

    Yana qaytib kelar mo‘jiza istab.

    Meni o‘ylantirar bundayin ishlar,

    Nahot, ular uchsa, tinch Vatan izlab?!

     

    Vatansiz kimsalar bo‘lar yarim jon,

    Men esam shu yurtdan olaman nafas.

    Vatanim bittadir, bo‘ldi, gap tamom,

    Bevatan qushlarga qilmasman havas.

     

    Sevinch

    ...
  • O‘rik guli

    O‘rik novdalari

    Tutib guldasta,

    Gulladi, barg yozdi,

    Bahorda asta.

     

    Maqtovdan qizardi

    Gulning yonog‘i.

    Yoqut tusga kirdi

    Baxmal dudog‘i.

     

    Barglar orasidan

    Yozda mo‘ralab,

    “Meni terib yegin”,

    Deydi saralab.

     

    Nurida OLLOBERGANOVA,

    Xorazm viloyati

    ...
  • Zumrad bahor

    Chekinib qahraton qish,

    Bahorda boshlanar ish.

    U fasllar kelini,

    Yoyib kelar sepini.

     

    Shudring tushar nahorda,

    Shildirar suv anhorda.

    Ko‘karadi o‘t-o‘lan,

    Go‘yoki zumrad gilam.

     

    Shohbarillo HASANOV,

    Andijon viloyati Jalaquduq tumani 7-maktab 8-sinf

  • Chuchvara

    Mitti qilib tugilar,

    Suvga tushib o‘ynaydi.

    Maza kirib og‘izga,

    Yegan odam to‘ymaydi.

     

    Bir chimdim ko‘kat solsa,

    Ishtaha ochar rosa.

    Qaynoqqina chuchvara

    Bo‘lsa edi bir kosa.

     

    Saida SAIDOVA,

    Toshkent shahri 282-maktab 5-sinf

  • Tong zavqi

    Erta tong quyosh chiqib,

    Zaminga taratar nur.

    Bog‘da gullar ifori,

    Berar qalblarga huzur.

     

    Sahar turgan kelinlar,

    Ko‘cha supurar shoshib.

    Non yopay, deb onalar,

    Xamir qilar un qorib.

     

    Sarvinoz SHERQO‘ZIYEVA,

    Jizzax viloyati Zomin tumani 7-maktab 8-sinf

  • Svetafor

    Yonganda qizil chiroq,

    Mumkinmas olg‘a yurmoq.

    Sariq ko‘zi porlasa,

    Lozimdir kutib turmoq.

     

    Yashil yonsa, xursand bo‘l,

    Axir senga ochiq yo‘l.

    Buzilmasa qoida –

    Ishlar bo‘lar joyida!

     

    Farangiz BAHRIDDINOVA,

    Farg‘ona shahridagi 28-maktab 6-sinf

  • Onajonimga

    Siz kulsangiz samoda,

    Oftob kular onajon.

    Quvonsangiz fazoda,

    Hilol to‘lar onajon.

     

    Ko‘nglimizni bahordek

    Yashnatar har so‘zingiz.

    Sizni jondek sevadi

    O‘g‘lingiz va qizingiz.

     

    Shahzoda MAHMUDOVA,

    Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 36-maktab 5-sinf

  • Chamanzor

    Bog‘imdagi gullarim,

    Yorug‘ qiling yo‘llarim.

    Chamanzorga aylaning,

    Shudir maqsad-o‘ylarim.

     

    Mahliyo SHODIYEVA,

    Jizzax shahar 8-maktab 5-sinf

  • “Gulxan”jon

    “Gulxan”, “Gulxan”, “Gulxan”jon,

    Ishonchingni oqlayman.

    Seni asrab-avaylab,

    Javonimda saqlayman.

     

    Har bir hikoya, she’ring,

    Qoldirmasdan o‘qiyman.

    Va mening zavqim jo‘shib,

    Yangi she’rlar to‘qiyman.

     

    Nilufar NURMAMATOVA,

    Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 17-maktab 4-sinf

  • Shuningdek... (2017-yil 3-son)

    Shuningdek, “Nishona” sahifasiga Navoiy viloyati Nurota tumani 24-maktab o‘quvchisi Nursaid Boborajabov, Buxoro viloyati Shofirkon tumani 20-maktab 7-sinf o‘quvchisi Zarifa Sunnatova, Toshkent viloyati Bekobod tumani 32-maktab o‘quvchisi Shahzoda Abdullayeva, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani 35-DIMning 8-sinf o‘quvchisi Marjona

    ...
  • Orzular yo‘lidan

    Sho‘x-shodon bolaligi Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi Norin qishlog‘ida o‘tgan Bahodir ko‘zga tez tashlanuvchi, tirishqoq edi. U borliqqa mehr bilan boqib, atrofdagi har bir jonzotning harakatini zimdan kuzatar, qushlarning sayrashiga, ayniqsa, bedanalarning ovoziga butun vujudi bilan quloq tutardi. Maktabda ham faol va a’lochi o‘quvchi sanalgan. Turli bayram, badiiy kechalar

    ...
  • Yomg‘ir yog‘di kun bo‘yi

    Yomg‘irga sovg‘a

    Yomg‘ir yog‘di kun bo‘yi

    Suvga to‘ldi ko‘lmakcham.

    Quvonchidan miriqib,

    Suzar mitti o‘rdakcham.

     

    Yana erka zaminning

    Yuvildi chang-g‘ubori.

    Katta bo‘lib qolibdi

    Kecha ekkan niholim.

     

    Ahd qildim mitti nihol,

    Daraxt bo‘lib ulg‘aysa.

    Kuz kelib, meva

    ...
  • Yillar o‘tib…

    Manzura maktabdan kelgach, xonasiga kirib ketganicha hadeganda chiqavermadi. Ishdan kelib oshxonada kuymalanayotgan onasi qizidan xavotirlanib oldiga kirganida u kiyimlarini ham almashtirmay o‘rnida yig‘lab yotardi.

    – Nima bo‘ldi, nega yig‘layapsan? – dedi onasi qizining yelkasidan tutib.

    – Oyijon, men endi u maktabda o‘qimayman. Iltimos, meni boshqa maktabga o‘tkazing, – dedi

    ...
  • Har qatrasi dur

    Ushbu kun birinchi bo‘lib Rio de Janeyro shahrida o‘tgan konferensiyada qabul qilingan. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi ham yurtimizda bu borada samarali ishlar olib borilayotganligidan dalolat beradi.

    2002-yildan boshlab shu kunga qadar mamlakatimiz hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo, Zarafshon, Chirchiq,

    ...
  • Buvim aytgan ertaklar

    Yaqinda kitob javonimizning bir chekkasidagi fotosuratlar albomini ko‘rib qoldim. Bu yoshligimizda tushgan oilaviy suratlar edi. Hayajon bilan albomni bir-bir varaqladim. Mana, biz – uch aka-ukaning yoshligimiz aks etgan suratlar. Egnimizda oddiygina oq surp ko‘ylak, boshimizda gilam do‘ppi. Uchalamizning ham javdirab turgan ko‘zlarimizda birmuncha hayrat va hadik sezilib turibdi. Go‘yo

    ...
  • Go‘zallikka rag‘bat

    Maktabimizda bir necha yillardan beri boshlang‘ich sinflar uchun rassomlik, haykaltaroshlik, raqs, musiqa kabi o‘nga yaqin to‘garaklar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning har birida 16 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etadi. Men rassomlik to‘garagiga rahbarlik qilaman. To‘garakda bolalar bilan asosan qalamtasvir janrida shug‘ullanamiz. Bunda bolalar predmetning o‘ziga qarab chizish, ranglarni

    ...
  • So‘zlarning sirli olami

    Kundalik hayotda ko‘p so‘z va iboralarni ishlatamiz: “assalomu alaykum”, “maktab”, “dars”, “kompyuter”, “mashina”... Keyingi paytlarda lug‘atimiz “smartfon”, “fleshka”, “infografika” singari yuzlab xalqaro so‘zlar bilan boyidi. Ular tilga olinganda gap nima haqida ketayotganini darrov ilg‘aymiz: fleshka bu – fleshka, smartfon – o‘sha hamma biladigan jihoz... Og‘zaki muloqotda har bir

    ...
  • Iloji bormi?

    Maktabimizda kutubxona bor. Lekin biz kutubxona ishidan mamnun emasmiz. Nega desangiz, kutubxonachi opa kutubxonaga a’zo bo‘lsak ham o‘qimoqchi bo‘lgan kitobimizni uyga berib yubormaydilar.

    – Shu yerda, kutubxonaning o‘quv zalida o‘tirib o‘qiyveringlar, – deydilar.

    Endi berilib kitob o‘qiyotganimizda esa “bo‘ldi, tez topshiring, vaqt tugadi”, – deb kitobni yig‘ishtirib oladi.

    ...
  • Kamar

    Bahor fasli edi. Turnalar galasini daryo atrofiga kelib qo‘nganini eshitgan Obid quvonchi ichiga sig‘may o‘sha tomon yugurdi. U turnani faqat kinolarda ko‘rgan, hozirgisi esa go‘yo mo‘jiza bo‘lib tuyuldi. Obiddan boshqa tomoshabin bolalar ham bu qushlarga qiziqib uzoqdan qarab turishar edi. Nariroqda sinfdoshi Hasanga ko‘zi tushgan Obidning hayajonli qichqirig‘i eshitildi:

    – Hasan,

    ...
  • Yaxshi inson bo‘lish istagi

    Fotima-Zuhra Inog‘omovalar Shayxontohur tumanidagi 40-maktabning 4-sinfida o‘qishadi. Maktabning jamoat ishlarida faol, izlanuvchan, a’lochi o‘quvchilar. Bu opa-singillar ikki yildan buyon tahririyatimiz qoshidagi “Yosh qalamkashlar” to‘garagida faol qatnashib, o‘z bilimlarini oshirishmoqda. Ushbu sahifamizda ular ijodidan ayrimlarini sizga taqdim

    ...
  • The lion and the rabbit

    A cruel Lion lived in the forest. He killed and ate a lot of animals every day. The other animals were afraid of Lion would kill them all.

    The animals told the Lion, “Let’s make a deal. If you promise to eat only one animal every day, then you don’t have to hunt and kill us.”

    The plan sounded well thought out to the Lion so he agreed but he also said, – “If you don’t come

    ...
  • The goose that laid the golden eggs

    Once upon a time, a man and his wife had the good fortune to have a goose which laid a golden egg every day. Lucky though they were, they soon began to think they were not getting rich fast enough.

    They imagined that if the bird is able to lay golden eggs, its insides must be made of gold. And they thought that if they could get all that precious metal at once, they would get mighty

    ...
  • “Siniy kit” – elektron ofat!

    Kompyuterni, uyali telefonni bilmaydigan bola bo‘lmasa kerak! Ular tufayli paydo bo‘lgan va tilimizga “qapishib” qolayotgan so‘zlarni-chi? Yaxshi ma’nodagi so‘zlar bo‘lsa jon-jon deb o‘rganamiz, lekin...

    Yaqin-yaqindan bir so‘z quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi – “Ko‘k kit” (Siniy kit). Bu nima yoki qanday so‘z? Lug‘atda yozilishicha, bu – ko‘k kit degani, xolos. Biroq internet

    ...
  • “Gulxan”da xanda (2017-yil 3-son)

    ***

    Jajji Nigora pul topib oldi. Uni hammaga bir-bir ko‘rsatib, maqtanib chiqdi. Ko‘p o‘tmay kayfiyati o‘zgardi. O‘tirib olib piq-piq yig‘lay boshladi.

    – Ha, nima bo‘ldi? Biror yering og‘riyaptimi? – hayron bo‘lib so‘radi onasi.

    – Yo‘q, uxlab qolsam, akam baribir pulimni olib qo‘yadi, shuni o‘ylab yig‘layapman.

    ***

    Jajji Komiljonga onasi

    ...
  • Yil bo‘yi “Gulxan” bilan

    Boysun tumanidagi 53-maktab yuksak tog‘lar bag‘rida joylashgan. Maktabga asosan Gumatak qishlog‘ida yashaydigan bolalar qatnagani uchun o‘quvchilar soni uncha ko‘p emas. Tuman markazidan ancha olisda joylashgan maktab o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarini ko‘proq badiiy kitoblar o‘qish bilan o‘tkazishadi. 82 o‘quvchining barchasi kutubxona a’zosi. Kutubxonachi Aziza opa Ramazonova yangi kitob kelishi

    ...
  • Dunyoning eng uz-u-un avtobuslari

    Chaqqongina “Isuzu” yoki “Mersedes benz” avtobusida ketayotganingizda tiqilinchni ko‘rib ba’zan, nega ularni keng, uzun qilib yaratishmagan-a, deb o‘ylarsiz. Bilasizmi, ba’zi davlatlarda ana shunday ulkan avtobuslar bor ekan.

     

    Bunday avtobuslarning eng azamati Afrika qit’asida joylashgan Kongo Demokratik Respublikasining markaziy yo‘llaridan qatnaydi. Gollandiyaning

    ...
  • Tabiat haqida tabiiy ko‘rsatmalar

    Bahor kelib kunlar isishi bilan daraxtlar tanasini oqlash – bu ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqlangan daraxt tanasidagi zararli hasharot va kasalliklar yo‘qoladi. Quyosh haddan ziyod qizdirganida ham daraxt qisman himoyalanadi. Bundan tashqari oqlangan daraxtlar atrofga o‘zgacha ko‘rinish berib, odamlar ko‘zini quvontiradi.

    ***

    Agar hovlingiz, darvoza

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.