Yil bo‘yi “Gulxan” bilan
Boysun tumanidagi 53-maktab yuksak tog‘lar bag‘rida joylashgan. Maktabga asosan Gumatak qishlog‘ida yashaydigan bolalar qatnagani uchun o‘quvchilar soni uncha ko‘p emas. Tuman markazidan ancha olisda joylashgan maktab o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarini ko‘proq badiiy kitoblar o‘qish bilan o‘tkazishadi. 82 o‘quvchining barchasi kutubxona a’zosi. Kutubxonachi Aziza opa Ramazonova yangi kitob kelishi bilan bolalarni xabardor qiladi. Yana o‘quvchilarga bolalar gazeta-jurnallarida chiqqan qiziqarli lavha, hikoya, she’rlarini ham o‘qib beradi. Shundanmi, bolalar “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarini juda yaxshi ko‘rishadi. Ana shu mehr bois Ashirgul Norqobilova, Dilafro‘z Abdullayeva rahbarlik qilayotgan sinflar 2017-yil uchun “Gulxan” va “G‘uncha” jurnallariga yoppasiga obuna bo‘lishdi.