Qiqirlab suv oqmoqda
Mehnatkashlar tanlovi
Bog‘ga chiqdim hayronman,
Ayni bahor faslida.
Eng ishyoqmas, dangasa
Men ekanman aslida.
Don-dun tashir chumoli,
Ari bol yig‘ar viz-viz.
Binafshaga chiqvolib
Suratga olar qo‘ng‘iz.
Qo‘shiq kuylar la-la-la
Turfa qushlar, bulbullar.
Bog‘da chizar loyiha
Dizayner – quvnoq gullar.
Qaldirg‘ochlar quruvchi,
Uy qurishga bog‘lar bel.
Ko‘tarvolib belkurak,
Chuvalchang qazir tunnel.
Mehnatkashlar tanlovi
Ekan keyin bu bilsam.
Qatnashishga ahd qildim
Musobaqada men ham.
Ishni boshlab do‘stlikdan,
Ukam bilan yarashdim.
Uy vazifa tayyorlab,
Oyimga ham qarashdim.
Yodladim ellikta so‘z,
Tarjimon bo‘lmoqchiman.
Mehnat qilib birinchi
O‘rinni olmoqchiman.
Ezgulik
Ular oppoq bulutlar,
Tiniq musaffo osmon.
Qiqirlab suv oqmoqda
Borliqqa bo‘lay, deb jon.
Kelar ezgulik isi,
Gullar taratar ifor.
Dunyoda shunday yaxshi
Hali qancha narsa bor.
Dunyoda shunday yaxshi,
Hali qancha narsa bor...
Dilnavoz NAJIMOVA,
Toshkent Kimyo texnologiyalari instituti qoshidagi Chirchiq akademik litseyi o‘quvchisi