E’tirof
Tun o‘z o‘rnini kunga berar ekan, kunning ilk darakchisi oftob zaminga kulib boqadi.
– Bu dunyoda yaxshi, qalbi toza, bag‘rikeng insonlar bor – ular hayotni mudom yoritib turguvchi ezgu kasb egalari – muallimlardir, – der ekan zavqlanib.
Oftob chehrasidagi bu mehr va ishonchni ko‘rganimda, beixtiyor ko‘z oldimda o‘qituvchi-ustozlarimning chehrasi namoyon bo‘ladi. Negaki, quyosh barchaga barobar nur sochgani kabi, ustoz ham barcha o‘quvchilariga bir xil mehr ko‘rsatadi. Bu kasb egalari juda kamtar bo‘lgani bois hech qachon o‘zini ko‘z-ko‘zlamaydi. Onaday g‘amxo‘r ustozlarni sharaflash esa biz o‘quvchilarining burchi, vazifasi.
Behzodjon HAMIDULLAYEV,
Toshkent shahar 219-maktab
6-sinf