Qo‘g‘irchog‘im
Ertak aytib beraman,
Qo‘g‘irchog‘im tinglaydi.
Goh ko‘tarib yuraman,
Gapirishni bilmaydi.
O‘zi kulib tursa ham,
Tili yo‘qmi deyman-da.
Yemadi olma bersam,
Qorni to‘qmi deyman-da.
Mohiniso BOBOQULOVA,
Samarqand viloyati
Pastdarg‘om tumani tibbiyot kolleji 1-bosqich o‘quvchisi