Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sabzavotlar bahsi

Sabzavotlar yig‘ilib,

Turar zo‘r suhbat qilib.

Piyoz der: men eng kerak,

Taomga asos demak.

Sabzi, oshga boshman, der,

Karsillama, yoshman, der.

Bodring aytar so‘zini,

U ham maqtar o‘zini.

Sholg‘om sho‘rvaga maza,

Karam yuvilgan toza.

Hammasin o‘z o‘rni bor,

Taomlar totli, tayyor.

 

Kumush OMONOVA,

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani

3-maktab 5-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.