Siz – mumtoz
Siz – mumtoz
Mehr jo‘shar qalbimizda
Sizga har dam, ustozlar.
Mehnat-u ilm-u mashaqqat
Sizga hamdam, ustozlar.
Xayolingiz, o‘ylaringiz
Ilm bilan qorishgan.
Ma’rifatning ziyosidan
Yuzlaringiz yorishgan.
Fidoyisiz, aziz ustoz,
Zakiylik sizga pardoz.
Arzigaydir ming bir e’zoz,
Siz – qadrli, siz – mumtoz!
Ro‘zima TO‘RAMURODOVA,
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani
50-maktab 9-sinf