Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tabiat

Erta sahar doim uyqudan turib,

Sening nafasingni his etdim har vaqt.

Goʻzal ruxsoringni oydayin koʻrib,

Seni jonim dedim, jonim tabiat.

 

Koʻrkingga koʻrk qoʻshar, daraxtlar, gullar,

Nomingni kuylashga ojiz bulbullar.

Husningni koʻrganda yayrar koʻngillar

Seni jonim dedim, jonim tabiat.

 

Bagʻringda ulgʻayar borki tirik jon,

Ollohdan sen bizga eng ulugʻ inʼom

Seni eʼzozlaydi dunyoda inson

Seni jonim dedim, jonim tabiat.

 

Madinabonu YOʻLDOSHEVA,

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi

ijod maktabning 11-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.