Bogʻ
Hovlimizda men uchun
Yaratilgan kichik bogʻ.
Zerikmayman u yerda,
Oʻtar har kun vaqtim chogʻ.
Gullar ekdim turli xil,
Atirgul, rayhon, jambil.
Bu bogʻimga qarasam,
Ochiladi bahri dil.
Har tong asalarilar
Gul shirasin teradi.
Ishonaman bu bogʻim,
Oʻz hosilin beradi.
Bu ishim boshlanishi,
Tan-u jonim boʻlsa sog.
Men ulgʻayib albatta
Yarataman katta bogʻ.
Pokizabonu AHMADJONOVA,
Namangan viloyati Uychi tumanidagi 36-maktabning 4-sinf oʻquvchisi