Jaholatga qarshi maʼrifat
Jaholat urugʻini
Sochishmoqchi biz tomon.
Kimlar yoʻldan adashgan,
Kimlar qalbida gumon.
Jaholatga qarshi yoʻl,
Soʻzsiz maʼrifat boʻlur.
Ongingdagi boʻshliqni,
Bilimlar bilan toʻldir.
Sen buyuk yurt ertasi,
Intil maʼrifat sari.
Seni qoʻllaydi Vatan,
Sen-chun ezgulik bari.
Xurshida GʻOYIBOVA,
Qarshi tumanidagi 25-maktabning
10-sinf oʻquvchisi