Ustozim
Orzular bagʻrida choʻmilsa yurak,
Baxtimdek tuyulsa goho armonim.
Doimo sogʻ boʻling menga shu kerak,
Qayda boʻlsangiz ham, aziz ustozim.
Men sizni sogʻindim, sogʻindim ustoz,
Vujudim nomidan aytmoqda yurak.
Qalbimda mujassam faqat bir tilak –
Siz menga keraksiz, juda ham kerak.
Ogʻabek BOʻRONOV,
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi
3-maktabning 5-sinf oʻquvchisi