Buxoro
Ilm-u maʼrifatdan soʻylar hidoyat,
Yetti pir nazari – ming bir rivoyat.
Qadim karvon oʻtgan azim yoʻllarda,
Tarixi uxlaydi hatto choʻllarda.
“Dil bayor-u dast ba kor” – asli haqiqat,
Naqshband bobomiz hayoti hikmat.
Buxoriy, Sino-yu Somoniy yodin,
Gʻurur-la eslaylik biz zurriyodi.
Dunyoni lol etgan hayrat timsoli
Minorayi Kalon – Sharqning jamoli.
Tangrim nazar solgan bebaho gavhar,
Buxoro, iqboling boʻlsin muzaffar!
Nilufar HALIMOVA,
Buxoro tumanidagi
20-maktabning 9-sinf oʻquvchisi