Baxtimga bor boʻling
Ilm-u tafakkurdan dilga yoʻl ochgan,
Beminnat mehrini qalblarga sochgan,
Quyosh tafti goʻyo yuziga koʻchgan,
Mudom baland erur sizga eʼzozim,
Baxtimga bor boʻling, aziz ustozim.
Shogirdini oʻylar kun-u tunda ham,
Balki solgandirman yuragiga gʻam,
Qancha taʼzim qilsam, shuncha boʻlur kam,
Mudom baland erur sizga eʼzozim,
Baxtimga bor boʻling, aziz ustozim.
Oppoq tongli nurday mehri begʻubor,
Har qanday maqtovga ular sazovor,
Aslida ustozlik kasbi ulugʻvor,
Mudom baland erur sizga eʼzozim,
Baxtimga bor boʻling, aziz ustozim.
Aida ROʻZIYEVA,
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi
39-maktabning 9-sinf oʻquvchisi