Yuzga bosma, yuzga kir
Kurrai zamin aylanar shitob,
Inson undan oʻzmoq boʻlarmi?
Mashinalar gʻizillar yoʻlda,
Tezlik boshqarmoqda olamni.
Yoʻllar oʻxshar yillarga goʻyo,
Bu dunyoga mehmondir har jon.
Yoʻllarimiz boʻlsin bexatar,
Ehtiyotda boʻlaylik har on.
Zebra chizigʻi xuddi poyondoz,
Intizomga posbon svetafor.
Yoʻl qoidasi – umr foydasi,
Hushtak bizni qiladi hushyor.
Tinim bilmas DAN xodimlari bor,
Issigʻ-u sovuqda xushyor postida.
– Koʻrmang, – deydi, – hech qachon jabr,
Olis yoʻlning baland-pastida.
Nilufar JUMABOYEVA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʻquvchisi