Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bobom oʻgitlari

Orzu qilgin, yetasan albat,

Yaxshi niyat bu yarim davlat.

Harakating hozirdan boshla,

Yalqovliging uloqtir, tashla.

 

Oʻqi, oʻrgan – boʻlasan dono,

Bilimdadir koʻp hikmat, maʼno.

Yaxshilik qil yomonlarga ham,

Yaxshilik-la goʻzaldir olam.

 

Hunar oʻrgan, sira tinmagin,

Oʻrgansang-da yana tinmagin.

Hunarsiz hayot baxtga toʻlmas,

Hunarli kishi hech xor boʻlmas.

 

Yodingda tut: jahl – dushman, aql – doʻst,

Har ish, har kishida bordir kam-u koʻst.

Birovga hech qazimagin choh,

Oʻzing tushib ketarsan nogoh.

 

Bobom soʻzin sizga aytarman,

Bu soʻzlarni oʻgit atarman.

Unga amal qilgan yaxshidir,

Zero, hikmat umr naqshidir.

 

Komila HAMROYEVA,

OʻzMU Jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.