Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Zerikkan quyon

Oʻz inida bir Quyon,

Alanglab u-yon, bu-yon.

Kunin koʻrar beozor,

Garchi ini biroz tor.

 

Bir kun Quyon zerikdi,

Uyidan asta chiqdi.

Oʻylab qoldi shu mahal:

“Qayga boray bemahal?!

 

Agar ayyor Tulkioy,

Pisib kelsa hoyna-hoy,

Qochishga yoʻq xilvat joy,

Tutar vaqtni bermay boy”.

 

Oʻyladi-yu seskanib,

Ini tomon sirpanib.

Yoʻl oladi oʻrmonga,

Bexavotir makonga.

 

Angladi-ki oʻz uyi,

Yashashga zoʻr yil boʻyi.

Oʻz inida baxtiyor,

Boshqa joyda nima bor?!

 

Nozanin HALIMOVA,

Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi

20-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.