Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qulupnayga oʻxshaydi

Kumush ajoyib qizcha,

Gapga chechan va quvnoq.

Goʻyo chiroyli gʻuncha,

Qiqirlab kular har choq.

 

Gapga tutdim bir kuni:

“Sevgan mevang qaysi?” – deb.

Javobin aytdi asta,

Qulupnaydan bitta yeb:

 

– Opajon, sizga aytsam,

Barcha meva yoqar xoʻp.

Lekin eng xush koʻrganim –

Qulupnayni yeyman koʻp.

 

Solishtirsam ikkisin,

Oʻxshab ketar bir yogʻi.

Bilsam, tiniq yuzida

Bor ekan bir xil xoli.

 

Parizod HAZRATQULOVA,

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi

Matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.