Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Suvning degani

Hovuchingda turmayman,

Zilol, biroq berangman.

Toʻfon boʻlib toshaman,

Dengizlardan oshaman.

 

Isrof qilma bekorga,

Avayla har tomchimni!

Toshlar otma anhorga

Buzib hadeb tinchimni!

 

Oqay toza va tiniq,

Qonib ichgin, yuzing yuv!

Qaynatib ich, ich iliq,

Dard keltirar, muzdek suv.

 

Xatira ABDUGʻAFFOROVA,

Toshkent shahar Sergeli tumanidagi

300-maktabining 5-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.