Boychechak
Oppoq chechak, oy chechak,
Goʻzallikka boy chechak.
Yer bagʻrida uyalib,
Kulib turgan boychechak.
Nelar soʻzlaysan aytgin,
Shabbodaga shivirlab.
Qushlar ham senga har kun,
Salom aytar chugʻurlab.
Buncha moʻjaz, nafissan,
Yarashibsan qirlarga.
Betakror, ajib hissan,
Shodlik berding dillarga.
Gulxumor ABDURASHIDOVA,
Andijon shahar tibbiyot kolleji
1-kurs oʻquvchisi