Orzu
Yosh qalbim nurafshon hislarga oshyon,
Yasharman hayotdan zavq olib shodon.
Nazmiy samo uzra aylabon parvoz,
Misralar bitarman baxtimdan chunon.
Joʻsh urar dilimda soʻngsiz orzular,
Bir lahza tinch qoʻymas rangin tuygʻular.
Ulugʻvor maqsadlar mudom hamrohim,
Irodam bukolmas alam-qaygʻular.
Istagim: har kimning tolei kulsin,
Koʻzyoshini faqat quvonchdan toʻksin.
Kurrayi zaminni munavvar etib,
Ezgulik hamisha quyoshdek toʻlsin.
Behruz RASHIDOV,
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 12-sinf oʻquvchisi