Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” bilimdoni

1. Savol: 1974-yilgi futbol boʻyicha Jahon Chempionatidan oldin Gollandiyadagi bir bank ushbu turnirda gol urgan barcha Gollandiya terma jamoasi oʻyinchilariga mukofot eʼlon qiladi. Ammo, chempionat yakunlangandan keyin xuddi shu bank terma jamoa aʼzosi Rud Krolga mukofot berishdan bosh tortadi. Faqat terma jamoa aʼzolarining jiddiy eʼtirozlaridan soʻng, bank mukofot berishga rozi boʻladi. Aytingchi, nega bank dastlab mukofot berishdan bosh tortgan edi?

 

2. Savol: Tush haqida koʻplab maqollar mavjud. Masalan, “Fil tushida Hindistonni koʻrarmish” degan maqol bor. Yaʼni nimani orzu qilsa, oʻsha narsani tushda koʻradi. Bir hazilga koʻra, U tushida janubni koʻrarmish. Uni ayting?

 

3. Savol: Taniqli amerikalik dirijor Villi Ferrero 7 yoshidayoq Filadelfiya simfonik orkestrini boshqargan. Yosh vunderkindning chiqishini muxlislar juda katta quvonch bilan kutib olishgan. Villi Ferreroning ota-onasi uni oʻz kuchiga, iqtidoriga ishontirish maqsadida doimo qoʻllab-quvvatlab kelishgan. Diqqat, kutilmagan savol: Ayting-chi, yosh dirijorning ota-onasi har kuni kechqurun farzandini uxlash uchun yotogʻiga qanday kuzatib qoʻyishgan?

 

Dilnavoz NAJIMOVA tayyorladi.

 

10-sonda berilgan savollarning javobi

“Gulxan” bilimdoni

1. Hamid Olimjon. Izoh: Mazkur qaydlar va sheʼr muallifi Zulfiya edi.

1934-yil Hamid Olimjon hozirgi “Mustaqillik maydoni” metro bekati oldidagi maydonchada Zulfiyani uchratib qoladi. Ular shu vaqtga qadar faqat adabiy kechalar tufayligina bir-birlari bilan tanish edilar. Hamid Olimjon tasodifiy uchrashuvdan mamnun boʻlib, Zulfiya bilan uzoq suhbatlashadi.

– Sheʼringizni oʻqidim, – deydi u oshkora mehr bilan. – Yaxshi. Nimaligini aytaymi? Sheʼrda qalbingizning surati bor. Bir parchagina boʻlsa ham. U oʻzingizning qalbingiz. Xuddi shunday davom ettirish kerak. Ritorikasiz, haqiqatni yozish zarur. – Zulfiya oʻsha paytda “ritorika” soʻzini gʻira-shira anglardi. Lekin u bu haqda indamay qoʻya qoladi. Oʻsha tasodifiy uchrashuvning bunday shoirona talqin etilishi ham, Zulfiyaning oʻsha unutilmas oqshom soatlarida “Bahor kechasi” sheʼrini yozishi ham bejiz emas.

 

2. Yigʻlaydi. Izoh: Temir zanjirlardan qutilish maqsadida afsona qahramoni yigʻlaydi. Chunki koʻz yosh (suv) temirni zanglatadi. Zang esa temirni yemiradi.

 

3. Bundayin qiyin usulni qoʻllashdan maqsad, Ibn Sino bemorning suyagini ushlab joyiga solishni istamagan, chunki bemor ayol kishi edi!

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.