Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil 11-son

  • Baxtimizning timsoli

    Hilpirayver boshimiz uzra,

    Xuddi tovus misoli bayroq!

    Qalbimizni huzurga toʻldir,

    Senga mehrim dil toʻla qaynoq,

    Erkimizning timsoli – bayroq.

     

    Yulduzlaring – iymon, sadoqat,

    Erk birla baxt, boqiy saodat.

    Baxsh aylading gʻurur beadad,

    Sururimiz oʻzingsan abad,

    Baxtimizning timsoli –

    ...
  • Tenglar ichra teng boʻlmoq

    Buyuk davlat barpo etish, tenglar ichra teng yashash – xalqimizning azaliy orzusi boʻlgan. Bu orzular soʻnmas qadriyatlar, eng avvalo, davlat ramzlarida oʻz ifodasini topadi. Ramzlar, timsollar nihoyatda qadrlidir. Bobolarimiz kerak boʻlsa uning uchun jon fido etishgacha borishgan.

    Xorijdan kelgan mehmonlardan biri ibratli voqeani hikoya qilib bergandi. Vatanimiz BMTga aʼzo boʻlgach,

    ...
  • Sogʻlom hayot sari

    Mana sakkiz oydirki, Oʻzbekiston aholisining ham tinchini buzgan koronavirus pandemiyasi butun dunyoni larzaga soldi. Kasallikni oldini olish va uni haddan ziyod keng tarqalmasligi uchun hukumatimiz tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Atrofni koʻrib, kuzatib turibmiz, har kuni bir xabar eshitmoqdamiz. Bu kasallik qancha odamlarning dunyodan bevaqt koʻz yumishiga sabab boʻldi. U

    ...
  • Aqlning surati

    Hikmat: Suv, Olov va Axloq – uchalasi doʻstlashib sayrga chiqishdi. Bir-birlaridan xavotirlanib Suvdan soʻrashdi:

    – Agar yoʻqolib qolsang seni qayerdan topamiz?

    – Qayerda sharillash ovozini eshitsangiz, men oʻsha yerda boʻlaman, – dedi Suv.

    – Qayerda tutun koʻrsangiz, men oʻsha joyda boʻlaman, – dedi Olov.

    Navbat Axloqqa kelganda, u bunday javob

    ...
  • Sheʼr yoʻli

    Aziz muxlis, siz bilan bir qur bolaligimni eslab, bahonada adabiyot, sheʼr, qisman shoirlik haqida suhbatlashib oldim. Koʻnglimdan joy olgan baʼzi sheʼrlarni ilindim. Sizda sheʼr haqida ozmi-koʻpmi tasavvur, tushuncha hosil boʻldi. Endi bevosita “sheʼr” yozish darsiga oʻtsak. “Gapingiz gʻalati, sheʼr degan narsa dabdurustdan toʻqib yozilmaydi, balki yurakda tugʻiladi deyayotgan edingiz-ku”, –

    ...
  • Ezgulikdan ungan mehr

    Vaqtni oʻtishini qarang, “Gulxan” jurnalining sobiq bosh muharriri (1972–1978) Toʻlqin Qozoqboyev – Toʻlqin Muhiddin bugun oʻzlarining sakson yoshlarini nishonlayaptilar.

    Gulxanjon u kishini bosh muharrir sifatida quchoq ochib kutib olganida Toʻlqin aka oyogʻidan ham, qalamidan ham oʻt chaqnagan, hali qirqqa ham toʻlmagan navqiron yigit edi. Toʻlqin aka yosh boʻlsa ham jamoaga bosh

    ...
  • Mehnat zavqi

    Kech kuz. Quyosh kishi tanasini yayratib, iliqqina nurini sochmoqda. Bugun yakshanba, dam olish kuni. Barno barvaqt turib hovlini supurdi. Onasi bilan birga ishkom tagidagi supachaga nonushta tayyorladi. Oila aʼzolari har kungidan ham miriqib nonushta qilishdi. Notushtadan soʻng dadasi qizlariga:

    – Bugun bogʻda ishlaymiz. Behi, anor pishibdi, terib olamiz, – dedi.

    Barno

    ...
  • Misralar qalbimda sel boʻlib oqdi

    Biz oʻz ijodlari bilan oʻzbek sheʼriyati rivojiga munosib hissa qoʻshgan betakror shoirlarimiz Gʻayratiy, Mirtemir, Sulton Akbariy, Uygʻun, Aziz Abdurazzoq, Turob Toʻla asarlarini izlab juda koʻp kutubxonalarga murojaat qildik. Maqsadimiz, bugungi kun kitobxonini ham oʻsha inja sheʼriyat bilan tanishtirish, ustozlar ruhini shod etish, adabiyot oʻqituvchilariga koʻmaklashish edi. Ming

    ...
  • Yolgʻiz kuchuk

    Agniya Barto

    (Rossiya)

    (1906–1981)

     

    Yolgʻiz edi bechora kuchuk,

    Ne qilarin bilmayin sarson.

    Sangʻib yurar bekorchilikdan,

    Soʻramaydi holin bir inson.

     

    Va nihoyat oʻsha kuchukcha

    Qaror qildi: izlab topishga.

    Oʻziga bir munosib sohib,

    Yurmaydi-ku bir umr

    ...
  • Xazarula

    Nodar Dumbadze

     

    Atoqli gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadzening “Nishonga tegmagan oʻqlar” (“Kukaracha”), “Abadiyat qonuni”, “Qoʻrqmang, onajon”, “Oq bayroqlar”, “Ellada” ( “Hellados”), “Buvim, Iliko, Illarion va men” kabi asarlarini oʻzbek kitobxonlari bugun ham sevib oʻqimoqda.

     

    Oʻn toʻrt yoshimda birinchi marta daraxt bilan

    ...
  • Koʻngilga ekilgan havas

    Gulnoza tabiatan shoʻx, shaddod qiz boʻlishiga qaramay, hamma fanlardan aʼlo bahoga oʻqiydi. Nogoh biror fandan toʻrt baho olib qolsa bormi?! Qovogʻini uyib, arzimagan gapga ham yigʻlab, uydagilarning koʻnglini xira qilib oʻtiradi.

    Tojdor virus sabab maktablarda yangi oʻquv yili oʻz vaqtida boshlanmadi. Boshlanganida koʻpchilik oʻquvchilar maktabda oʻqishni xohlashdi, ayrim bolalar

    ...
  • Kitoblar quyoshga oʻxshaydi

    Kitob soʻzini eshitganimda bir voqea yodimga keladi. Adashmasam, oʻsha paytlari sakkiz yo toʻqqiz yoshda edim. Dadam bilan daladan qaytishda bozorga borishni va albatta, muzqaymoq olishni kelishib olganimizdan soʻng sholipoyaga joʻnadik. Ayam dadamga bir qogʻoz tutqazdi. Unda bozordan olib kelishimiz kerak boʻlgan narsalarning roʻyxati yozilgandi. Dalaga bordik, sholiga suv meyorida

    ...
  • Tong yulduzim

    Zulmatlarga nur bilan jon ato etgan,

    Tun qaʼrida bedor oʻtgan, kurtak otgan,

    Barcha shirin tushlarimni dilga bitgan,

    Menga quyosh misol boʻlgan – Tong yulduzim.

     

    U orzudir, osmonimda nurlar sochgan,

    Qalb qoʻrimga ohor berib, mehr ochgan,

    Anduhlarim, tugʻyonlarin dilda yanchgan,

    Yuzlarimga kulgu bitgan – Tong

    ...
  • Vatan goʻyo bir daraxt

    Vatan goʻyo bir daraxt,

    Mevalari – farzandi.

    Yuksakka koʻtaruvchi

    Kelajagi – dilbandi.

     

    Vatan goʻyo bir daraxt,

    Unga parvarish kerak.

    Parvarish qilsang sen ham

    Unib oʻsarkan demak.

     

    Vatan goʻyo bir daraxt,

    Gullab, yashnar har vaqtda.

    Farzandlari bor ekan

    Yuksaladi

    ...
  • Men ijodkor boʻlaman

    Qalbda oppoq orzu bor,

    Umidlarga toʻlaman.

    Kelajakda tengsiz, zoʻr

    Men ijodkor boʻlaman.

     

    Ijod qilish – ishimdir,

    Kundalik tashvishimdir,

    Ijod yoz-u qishimdir,

    Men ijodkor boʻlaman.

     

    Ijod – rasm chizishdir,

    Sheʼr – soʻzlarni tizishdir,

    Orzum – olam kezishdir,

    Men ijodkor

    ...
  • Birinchi ustozim

    Qoʻlimga ilk bora tutqazib qalam,

    Har nafas boʻldingiz men bilan hamdam,

    Saboq olmoqdaman Sizdan hali ham,

    Birinchi ustozim – mehribon onam.

     

    Sham misol qalbimni yoritgan zot Siz,

    Oʻzligim oʻzimga tanitgan zot Siz.

    Qalb koʻzim ilmga qaratgan zot Siz,

    Birinchi ustozim – mehribon onam.

     

    Ustozni azaldan

    ...
  • “Uchqun” adabiy toʻgaragi qatnashchilari mashqlaridan

    Buxoro qadimdan buyuk allomalar beshigi boʻlib kelgan. Bugungi kunda ham bu maskanda teran fikri, oʻziga xos ijodi bilan adabiyot olamiga kirib kelayotgan yoshlar talaygina. Vobkent tumanida faoliyat koʻrsatayotgan “Uchqun” adabiy toʻgaragi qatnashchilari ana shunday isteʼdod egalari. Zomin seminari ishtirokchisi, yosh shoir Suhrob Hamroyev besh yildirki, toʻgarakka rahbarlik

    ...
  • Moʻjizaviy neʼmat

    Aziz bolajonlar, barcha darmondorilarni oʻzida jam qilgan qovoq yuzlab kasalliklarga davo boʻladi. Tarkibida kaliy, temir, kalsiy, magniy koʻp boʻlgani uchun asablarni tinchlantirishda, boʻy oʻstirishda, raxit kasalida, yurak-qon tomir xastaliklarini bartaraf qilishda yordam beradi. Qovoqning et qismida ishqorli moddalar koʻpligi sababli shifokorlar uni kuchli kislotali gastrit bilan

    ...
  • Iqtidorlar maskani

    Salom, qadrli tengdoshlar! Bu yil eshik ham qoqmay bostirib kirgan karantin nafaqat dunyo iqtisodiyoti, siyosatiga, balki, har birimizning 2020-yil uchun moʻljallagan rejalarimizga ham oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Kimdir ingliz tilini oʻrganmoqchi edi, kimdir esa ustozi bilan qoʻshimcha shugʻullanib, matematikadan bilimlarini oshirishni diliga tukkandi. Lekin oramizda shunday uddaburon

    ...
  • Yoshlar bayrami

    Mamlakatimizda vatanimiz kelajagi boʻlgan farzandlarimizning salohiyatli, maʼnaviyatli va dunyoqarashi keng yoshlar boʻlib kamolga yetishiga katta eʼtibor berilmoqda.

    Respublikamiz maktablarida “Noyabr – yoshlar oyligi” shiori ostida oʻtkazilayotgan qator tadbirlar ana shu maqsadga qaratildi. Oʻquvchilar vatanimizda komil inson tarbiyasiga bagʻishlangan qator farmon va qarorlar bilan

    ...
  • Ikki masal

    Koʻrpacha va taxmon

    Bir kuni taxmonda taxlanib turgan koʻrpacha yerga toʻshalgan koʻrpachaga qarab:

    – Ey juldur, buncha kir, iflos boʻlmasang, seni oʻzi qachon yuvib, paxtangni yangilashgandi, haliyam tashlab yuborishmaganiga hayronman, – deb uni kamsitibdi. – Mana, meni qara, top-tozaman. Matoim ham yap-yangi, yaraqlab turibdi.

    Yerga toʻshalgan

    ...
  • Noyob qushlar

    Siz albatta, qush deganda ikki oyoqli, qoʻsh qanotli mavjudotni tushunasiz. Bogʻda, dalada, hovlingiz va boʻgʻotlardagi qushlarni koʻrib zavqlanasiz. Qargʻa, saʼva, qaldirgʻoch, toʻrgʻay, chittak, chumchuq, chugʻurchuq, musicha... deb nomlarini aytasiz. Ammo, dunyoda siz nomini aytish u yoqda tursin tasavvur qilolmaydigan darajada gʻaroyib qushlar borligini

    ...
  • My Neighbour Totoro

    From classic musicals, princess tales, and animated animals to superhero adventures and holiday favorites, these must-see movies will appeal to the whole family. Like the newer films honored with our Common Sense Seal, these all-time favorites are not only hugely entertaining, but theyʼre packed with positive messages and role models, giving them the potential for significant impact on

    ...
  • “Gulxan” bilimdoni

    1. Savol: 1974-yilgi futbol boʻyicha Jahon Chempionatidan oldin Gollandiyadagi bir bank ushbu turnirda gol urgan barcha Gollandiya terma jamoasi oʻyinchilariga mukofot eʼlon qiladi. Ammo, chempionat yakunlangandan keyin xuddi shu bank terma jamoa aʼzosi Rud Krolga mukofot berishdan bosh tortadi. Faqat terma jamoa aʼzolarining jiddiy eʼtirozlaridan soʻng, bank mukofot berishga

    ...
  • Yovvoyi koʻk gʻozlar

    Ufqlarga tutashib ketgan poyonsiz Aydarkoʻl yam-yashil vodiy uzra yastanib yotibdi. Aydarkoʻl – qushlar makoni. Koʻlning sayoz joylari oʻtlarga boy, ozuqaga toʻla. Hasharotlarning son-sanogʻi yoʻq. Turfa xil qushlar bu yerdan rizqini topib, oʻzidan koʻpayib, betashvish yashaydi. Maʼlum chuqurlikdagi qamishlar qushlarni kushandalardan himoyalaydi.

    Aydarkoʻlga koʻrk bagʻishlab suzib

    ...
  • Qurbaqalar bahsi

    Yashil qurbaqa koʻl ichidagi nilufar gulbargida oʻtirgan ekan. Boshqa bir xoldor qurbaqa u oʻtirgan nilufar bargi tomon sakrabdi.

    – Chetga oʻt. Men birinchi boʻlib bargga chiqdim. Sen oʻzingga boshqa joy top, bu yer meniki, – debdi yashil qurbaqa jahl bilan.

    – Oʻzing boshqa joyga bor, – boʻsh kelmabdi xoldor qurbaqa. – Bundan buyon bu yerga faqat men kelaman, chunki men ham

    ...
  • “Ustoz-shogird” – taʼlimdagi goʻzal anʼana

    Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 320-umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinflarida “Ona tilim jon-u dilim” mavzusida ochiq dars soatlari tashkil etildi. Ayniqsa, 4-”A”sinfda oʻtkazilgan dars soati mavzuni rang-barang matnlarga boyligi, oʻquvchilarning faolligi bilan barchamizni lol qoldirdi. Unda oʻquvchilar ona tilidan faxrlanish tuygʻulari aks etgan sheʼrlar yodlashdi. Jajji

    ...
  • Krossvord

    Boʻyiga. 1. Eng qadimiy taom. Kimyoviy unsur. Qadim Xitoy shoiri. 2.Yer oʻlchov birligi; uy qismi. Hind kinorejissori va operatori (“Ona muhabbati” filmi). 3.Golland rassomi; Qashqadaryodagi qadimgi shahar. 4.Yovvoyi noʻxat. Eng mitti kemiruvchi. 5. Kashmir adabiyotida “Muhabbat” janri. Ingliz adibasi Jorj

    ...
  • Uygʻun

    Rahmatulla Otaqoʻzi oʻgʻli Uygʻun 1905-yili hozirgi Qozogʻiston Respublikasi Jambul viloyatining Marki qishlogʻida xizmatchi oilasida dunyoga keldi.

    Uygʻun 1927-yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasiga oʻqishga kirib, Mirtemir, Hamid Olimjon, Amin Umariy, Hasan Poʻlatlar bilan tanishadi.

    1929-yili shoirning “Bahor quvonchlari” nomli birinchi kitobi chop etildi. 30-yillarda

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.