Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Baxtimizning timsoli

Hilpirayver boshimiz uzra,

Xuddi tovus misoli bayroq!

Qalbimizni huzurga toʻldir,

Senga mehrim dil toʻla qaynoq,

Erkimizning timsoli – bayroq.

 

Yulduzlaring – iymon, sadoqat,

Erk birla baxt, boqiy saodat.

Baxsh aylading gʻurur beadad,

Sururimiz oʻzingsan abad,

Baxtimizning timsoli – bayroq!

 

Har rangingda bor chuqur maʼno,

Yam-yashili kelajak – aʼlo.

Oppoq rangi – tuganmas ziyo,

Havo rangi – osmon musaffo,

Aytar bugun oʻgʻlim va qizim –

Baxtimizning timsoli – bayroq.

 

Shayx Kubroning matonatlari,

Buxoriyning ibodatlari,

Qurbonjonning shijoatlari,

Uvaysiyning malohatlari

Asli sening kamoling – bayroq.

 

Ona yurtim, mangu boʻl omon,

Madhing ila toʻlsin keng osmon,

Bayrogʻingga boqqanda jahon,

Doʻstlar yuzi boʻlsin nurafshon.

Baxtimizning timsoli – bayroq,

Yashna tovus misoli bayroq!

 

Temur Ubaydullo

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.