Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatan goʻyo bir daraxt

Vatan goʻyo bir daraxt,

Mevalari – farzandi.

Yuksakka koʻtaruvchi

Kelajagi – dilbandi.

 

Vatan goʻyo bir daraxt,

Unga parvarish kerak.

Parvarish qilsang sen ham

Unib oʻsarkan demak.

 

Vatan goʻyo bir daraxt,

Gullab, yashnar har vaqtda.

Farzandlari bor ekan

Yuksaladi albatta!

 

Muxlisa ABDUMANNOPOVA,

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi

236-maktabning 8-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.