Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tong yulduzim

Zulmatlarga nur bilan jon ato etgan,

Tun qaʼrida bedor oʻtgan, kurtak otgan,

Barcha shirin tushlarimni dilga bitgan,

Menga quyosh misol boʻlgan – Tong yulduzim.

 

U orzudir, osmonimda nurlar sochgan,

Qalb qoʻrimga ohor berib, mehr ochgan,

Anduhlarim, tugʻyonlarin dilda yanchgan,

Yuzlarimga kulgu bitgan – Tong yulduzim.

 

U maqsaddir, olislarda yongan mashʼal,

Orzu-umid uchqunlari yongan yal-yal,

Koʻzlarimga kipriklarim quchib olgan,

Asrandimsan, koʻkda kulgan – Tong yulduzim.

 

Abdulloh ABDUHAMIDOV,

Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi

45-maktabning 10-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.