Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Birinchi ustozim

Qoʻlimga ilk bora tutqazib qalam,

Har nafas boʻldingiz men bilan hamdam,

Saboq olmoqdaman Sizdan hali ham,

Birinchi ustozim – mehribon onam.

 

Sham misol qalbimni yoritgan zot Siz,

Oʻzligim oʻzimga tanitgan zot Siz.

Qalb koʻzim ilmga qaratgan zot Siz,

Birinchi ustozim – mehribon onam.

 

Ustozni azaldan ulugʻlar oʻzbek,

Topmadim hech bir zot azizroq Sizdek.

Sizga uzoq umr tilar Azizbek,

Birinchi ustozim – mehribon onam!

 

Azizbek AMRULLAYEV,

Buxoro shahridagi 42-sonli IDUMning

8-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.