Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Quyosh bilan gaplashgan bola

Tog‘am Mehribonlik uyida oshpaz bo‘lib ishlardilar. Bir kuni men u kishiga ko‘maklashmoqchi bo‘lib, oyimdan ruxsat so‘radim. Darrov ko‘ndilar. Ishonasizmi, bag‘ritosh va to‘g‘ri yo‘ldan adashgan ba’zi qo‘shtirnoq ichidagi ota-onalar hatto uch yoshga ham yetmagan norasida go‘daklarini tirik yetim qilib, xuddi keraksiz buyumdek bu yerga tashlab ketishgan.

Borganimda sodir bo‘lgan voqea hali-hanuz ko‘z oldimdan ketmaydi. Bir bola deraza yonida turib, osmonga tikilib olib bir nimalar deydi. Ajablanarlisi shundaki, u boshqalardek ma’yus emas edi. Bu manzara menga juda g‘alati tuyulib, asta yoniga bordim. 

– Ukajon, biror kulgili voqea yodingga tushdimi?

– Yo‘q, dadam bilan gaplashyapman. – Qarasam, tashqarida qorovuldan boshqa hech kim ko‘rinmaydi.

– Ha-a, anavi qorovul amaki sening dadangmi?

– Yo‘q, mening dadam – Quyosh. Bilasizmi, opajon, men ertalablari dadajonim bilan gaplashaman. Tunda esa oymomom menga alla aytib uxlatadi, – dedi u jilmayib. Men darhol ko‘zyoshlarimni yashirishga urindim.

 

Muhayyo Shoyimova,

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi

20-maktabning 10-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.