Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2023-yil 3-son

  • Oʻzbek onasi

    Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing,

    Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham o‘zing.

    Olamga tatirlik suyuk ham o‘zing,

    Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,

    Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

    Seni To‘maris deb, maqtaganim bor,

    Sen Temur beshigin tebratgan bedor,

    Sensan Bibixonim, Nodirayi zor,

    Payt keldi aytmoqqa, gapning

    ...
  • Bahor tantanasi

    1-mart – Bahorning ilk kuni. Biz orzi­qib kutgan kun. O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tug‘ilgan kun. Shu munosabat bilan har yili yurtimizning barcha o‘quv maskanlarida bu qutlug‘ sana katta tay­yor­garlik va tantana bilan nishonlanadi. Tah­ririyatga bo‘lgan adoqsiz qo‘ng‘iroq bizni  shu ayyomni birgalikda nishonlash uchun bir necha maktabga yetakladi. Maktabning

    ...
  • Demak, bahor keldi...

    Sindi qish to‘qigan muz hisli qafas,

    Mana, yana qushlar chug‘urlab qoldi.

    Ona nigohiday muloyim nafas

    Zamin-u osmonni bag‘riga oldi,

    Demak, bahor keldi.

     

    Bu nafasdan yerda keksa-yu yoshning

    Odmi chehrasida ezgu ro‘shnolik,

    Dov-daraxt kiyajak zilol libosing,

    Zilol barin tutib yugurar shodlik,

    Demak, bahor

    ...
  • Bahor ilinjida

    Qish qahrida qoraygan shahar

    Dov-daraxtlar turar yalang‘och.

    Xo‘mrayadi sovuq binolar

    Charx urmagan hali qaldirg‘och.

     

    Binafshaning mayin patlarin

    O‘pgim kelar mushtoq ko‘z bilan.

    Yalpizlarning yashil xatlarin

    O‘qisam ishq bergan so‘z bilan.

     

    Shamollarning nog‘orasiga

    O‘ynamagan

    ...
  • Yana bodom gulladi

    O, yana bahor keldi,

    Ko‘ksimda jon gulladi.

    Qorlarni pisand qilmay,

    Yana bodom gulladi.

     

    Qish qahrini olmay tan,

    Bahorni aylab Vatan.

    Qo‘shiqlar kuylab sho‘x-shan

    Yana bodom gulladi.

     

    Xavotir oldim behad,

    Sovuq urib ketsa shart.

    Demayin, bu vaqt-bevaqt,

    Yana bodom

    ...
  • Oʻtinch

    Derazam ortida menga sezdirmay

    Sokingina o‘tib ketadi bahor.

    Urishib qolgandik ancha yil oldin –

    U mening qalbimni etganda abgor.

     

    Javdirab boqqanda ko‘zimga har gal

    Kechirgim keladi uni yurakdan.

    Qachondir u bergan dardning azobi

    O‘tib ketgan edi suyak-suyakdan.

     

    Neki o‘tgan bo‘lsa o‘tdi

    ...
  • Koʻngil koʻzgusida qotgan armonlar

    Bilamiz, siz O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaning suyukli, sadoqatli shogirdi Qutlibeka Rahimboyevani yaxshi ko‘rasiz. Chunki boshlang‘ich sinflarning “O‘qish kitobi”da  opaning O‘zbekiston  haqidagi  jajji hikoyalari, she’rlarini  hayrat bilan o‘qigansiz. Ana shu asarlar  tufayli siz Vatanni tanigansiz. Jajji

    ...
  • Asli siz oftobim

      E’zozlar, ardoqlar uchun tashakkur,

      Asli Siz oftobim, men ziyosiman.

     Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,

      Baxtim shul – O‘zbekning Zulfiyasiman.

     

    Bugun o‘zbekning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim haykali qoshida bir guruh qizlar ona yurt, sevgi, bahor

    ...
  • Bolalar adabiyoti xalqaro shohsupada

    “Til bilgan – el biladi”, deydi dono xalqimiz. Kuni kecha o‘zbek bolalar adabiyotida salmoqli ijod qilayotgan bolalar yozuvchisi, rassom va tarjimon Gulnoz Tojiboyeva tarjima san’atiga qo‘shayotgan hissasi uchun YUNESKO qoshidagi Butunjahon Yozuvchilar uyushmasining Vilyam Shekspir nomidagi Xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

    Bu xushxabar biz gulxanchilarni sevintirib yubordi. Chunki

    ...
  • Dostonlardan tugʻilgan mehr

    Navbahor sururiga yo‘g‘rilgan tadbirlarni, she’riyat kechalarini  mo‘tabar   o‘zbek  ayoli timsoli bo‘lgan hassos shoira Zulfiyaxonim izdoshlarisiz, ayniqsa,  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari bo‘lmish ijodkor qizlarimiz ishtirokisiz tasavvur eta olmaymiz.

    Ijod olamiga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan Rohilabonu  G‘o‘chchiyeva ham ana

    ...
  • Quyosh bilan gaplashgan bola

    Tog‘am Mehribonlik uyida oshpaz bo‘lib ishlardilar. Bir kuni men u kishiga ko‘maklashmoqchi bo‘lib, oyimdan ruxsat so‘radim. Darrov ko‘ndilar. Ishonasizmi, bag‘ritosh va to‘g‘ri yo‘ldan adashgan ba’zi qo‘shtirnoq ichidagi ota-onalar hatto uch yoshga ham yetmagan norasida go‘daklarini tirik yetim qilib, xuddi keraksiz buyumdek bu yerga tashlab ketishgan.

    Borganimda sodir bo‘lgan voqea

    ...
  • Kitoblar bergan boylik

    Millionlab yoshlarni mutolaaga chorlagan respublika “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining VI mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu mavsumning respublika bosqichiga qadar mamlakatimiz bo‘ylab jami 640 mingga yaqin 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar badiiy kitoblardan olgan bilimini sinovdan o‘tkazdi. 3  yosh toifasida o‘zaro bellashishgan kitobxon yoshlardan 42 nafari poytaxtimizning

    ...
  • Menga yoqqan fikrlar

    1)Hech qachon sabringni yo‘qotma,  bu eshikni ochuvchi so‘nggi kalitdir.

    2) Muvaffaqiyat ko‘pgina omadsiz harakatlar natijasida tug‘iladi.

    3) Faqat ko‘ngil ko‘zigina ochiq,  eng asosiy narsani ko‘z bilan ko‘rolmaysan.

    4) Barcha katta yoshdagilar ham qachonlardir bola bo‘lganlar, faqat bu

    ...
  • Yerni siz qutqarasiz

    Ha, bolalar, bizni ko‘tarib turgan, boqayotgan saxovatli sayyoraning ahvoli juda ham og‘ir. Uni qutqarib qolish  sizning qo‘lingizda.

    Hayotimiz uchun eng muhim bo‘lgan yer va suv bilan bog‘liq muammolar juda  ko‘p. Sayyoramiz borgan sari ifloslanmoqda. Bilasizmi, har kuni Yer yuziga 5 milliard 754 million kilogramm chiqindi chiqarilarkan. Shuncha chiqindining arzimagan 30%i

    ...
  • Haqiqatga aylangan ertak

    Ijod! U shunday ilohiy qudratki, og‘ushiga olgani sari, ajib hislarni tuya boshlaysiz: gohida masrur, gohida esa mahzun tuyg‘ular qurshovida qolasiz. Bugun yana o‘sha qadrdonim – qalamimni oppoq qog‘oz uzra chorladim. Chorladim-u, ming bir istihola kishanlarining iskanjasida qoldim. Kechmishimizning shunday shaxsiyatlari borki, ular haqida qo‘lga qalam olib, shunchaki yozib ketolmaysan. Zero,

    ...
  • Ey, Vatan!

    Ey Vatan, gullagan so‘qmoqlaringda

    Sohibqiron bobom izlarin ko‘rdim.

    Mard askar o‘g‘lonlar nigohlarinda

    Manguberdi tutgan mayoqni ko‘rdim.

     

    Orif Oraziyning sabog‘in olib,

    Ulug‘bek samoga qo‘yibdi narvon.

    Xorazmiy bobomiz Аljabr bilan

    Dunyo ulug‘larin etdi lol, hayron.

     

    Ulug‘ allomalar yurtisan

    ...
  • Bahor

    Keldi qaldirg‘och,

    Chiqdi kamalak.

    Navro‘z ayyomi

    Qildik sumalak.

    Ochil binafsha,

    Bahoroy keldi.

    Varrak uchirdik,

    Shabada yeldi.

    Ajoyib fasl

    O‘zingsan bahor.

    Tarovatingda

    Ko‘p mo‘jiza bor.

     

    Sardor XUDOYQULOV,

    Toshkent shahar Uchtepa tumani

    44-maktab

    ...
  • Hayot

    Hayot go‘zal, nurli olam

    Yovuzlikka berar barham.

    Yillar o‘tar daryo go‘yo

    Dunyo asli emas ro‘yo.

     

    Kim-kimga yaxshilik qilar,

    Yaxshiligin balki bilar.

    Sendan yaxshi izlar qolar,

    Hayot sendan o‘rnak olar.

     

    Yaxshi yomon kunlaring bor,

    Do‘stlar sendan qilganda or.

    Hayot senga ko‘rsatar

    ...
  • Oʻzingni angla

    Kelajaging o‘ylagan zamon,

    O‘zligingni anglagin har on.

    O‘zbekiston degan vatanda,

    Yashayapsan baxtli begumon.

    Dunyoda ko‘p vatanfurushlar,

    Ular sabab isyon, urushlar!

    Ko‘paymoqda dunyoda bugun

    Qotil, xoin, og‘ufurushlar.

    Ishonma yot mafkuralarga,

    G‘irt bema’ni ma’ruzalarga!

    Ular seni

    ...
  • Navroʻz

    Navro‘z keldi yurtimga,

    Boshlandi to‘y-tantana.

    Ming yillarkim bu ayyom,

    Shаrqdа go‘zal an’ana.

    Kurash tushdi polvonlar,

    Chopishdilar ko‘pkari.

    Bitildi ko‘p dostonlar,

    Navro‘z xalqning dur-zari.

    Yangi kun quloch yozdi,

    Endi olg‘a ziyoga.

    Quvonchimiz sig‘madi,

    Navro‘z kuni

    ...
  • Bobojonim

    Mening nuroniy bobom,

    Juda-juda mehribon.

    Bilar ishning ko‘zini,

    Hikmat bezar so‘zini.

    Yigitlar kabi chaqqon,

    Ham dehqon-u ham bog‘bon.

    Hammaga berar yordam,

    Ezgu ishga bosh har on.

    Bobomizni barchamiz,

    Bobom har gal safardan

    Olib kelar kitoblar.

    “Bilimli bo‘linglar”, deb,

    Bizga qilar

    ...
  • Bahor

    Bahor keldi o‘lkamga,

    Yashil libosi bilan.

    Qushlar qo‘ndi yelkamga

    Yoqimli sasi bilan.

    Qanday yaxshi kunlar ham,

    Endi isiy boshlaydi.

    Jilg‘alar ham quvonib,

    Muz ko‘rpasin tashlaydi.

    Varrak uchirib ko‘kda

    Bolajonlar quvnashar.

    Osmonda  qaldirg‘ochlar,

    Bahor kuyin kuylashar.

    Shodlanar keksa-yu

    ...
  • Iltijo

    (Nogiron bola tilidan)

    Sog‘lig‘imni tikla, azizim hayot

    Yosh jonimga rahming kelmaydi nahot.

    Buyuk zot menga ham berganda qanot

    Makonim bo‘lardi cheksiz koinot.

    Аxir sen hayotsan, sehrli mavo,

    Seni deb yaralgan bu go‘zal dunyo.

    Iltimos menga ham ko‘rsat muruvvat,

    Bag‘ringda sog‘-omon yashay ko‘p fursat.

    Senga

    ...
  • Orzulari osmon qiz

    Ingliz tiliga qiziquvchi jurnalxon tengdoshlarimiz o‘zlari yozgan esse, insho hamda fikrlarini “English time” sahifasiga yuborishni yaxshi ko‘radilar. Amerikadagi 8 ta,  O‘zbekistondagi 2 ta universitet tomonidan 672.000 dollarlik grand bilan o‘qishga qabul qilingan zukko qiz Gulbahor Jumayevaning esselari ham ushbu sahifamizda bir necha bor e’lon qilingan.

    Gulbahor Mirzo

    ...
  • Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 10-maktabning ijodkor yoshlarining she’riy mashqlari

    Bedanam

     

    Ertalabdan uyg‘otar

    Bedanamning ovozi.

    Ovozidan tong otar

    Bo‘lganday undan rozi.

     

    Maktabimga doimo

    Kechikmasdan boraman.

    Bedanam borligidan

    Mag‘rur bo‘lib yuraman.

     

    Sayravergin bedanam,

    To‘xtab qolma hech qachon.

    Ovozing

    ...
  • Yuvosh sigirning tepkisi

    Bir kuni Zulayho kampirning shaharlik nabirasi ota-onasi bilan mehmonga kelibdi. Kampir:

          — O‘zim aylanay asal bolamdan, – deb nabirasini bag‘riga bosibdi. — Biyiginangni sog‘intirib yubording-ku. Charchab qolma­dingmi yo‘lda?

          — Mashinada mazza qilib keldim, nega charchayman? – debdi taltayib

    ...
  • Sadoqatli kabutarlar

    Yam-yashil va go‘zal o‘rmonda bir-birini juda yaxshi ko‘radigan, doimo birga harakat qiladigan kabutarlar to‘dasi yashardi. Ular hamma ishni muammolarini birgalikda  kengashib hal qilishardi. Birga yegulik izlab, topgan ovqatlarini inlariga olib kelib, birga ovqatlanardilar. Kabutarlar hech qachon ajralmas edilar.

    Bir kuni kabutarlardan biri qattiq kasal bo‘lib qoldi. Uning ismi

    ...
  • Qaldirgʻoch

    Bahorning ilk kunlari. Atrof yam-yashil. Kamronlarning  hovlisiga  yoqimli  chug‘urlab  qaldirg‘ochlar uchib keldi. Ular oldiniga  o‘tgan yilgi inlari atrofida   aylanib,  o‘zaro nimalarnidir maslahat qilishdi. Tumshuqlarida loy tashib in tashqarisida paydo bo‘lgan  tirqishlarni  to‘ldirishdi. Keyin xuddi me’morlardek  uzoqroqdan

    ...
  • Isteʼdodni ilgʻamaganlar

    O‘rtog‘im juda chi­royli rasmlar chi­zardi. Uning ijod namunalari mak­ta­bi­da­gi ko‘r­­gaz­malar zalidan tush­­masdi. U o‘z suratlarida mavzu qahramonining fazilat va xususi­yat­larini imkon qadar ochib berishga harakat qilardi. Nazarimda, u tug‘ma rassom edi. O‘ziga yoqqan manzarani ko‘rsa, tamom. Kerakli ji­hozlarini yig‘ib, sehrli

    ...
  • Chanqovuz

    Sakson bilan sirlashib, ko‘zoynaksiz kitob o‘qiydigan buvim bor edilar. Har gal pochtachi amaki nafaqa pullarini olib kelganida sevimli chanqovuzlarini labiga qo‘yib kuy chalib berar edilar. Biz kuydan sarmast bo‘lib, ularga tikilgancha atroflariga to‘planardik. Pochtachi amakining kelishi bizga ikki hissa bayram bo‘lar edi.

    Yuqori hovlining burchagidagi uyga onda-sonda kirib qolsam,

    ...
  • Tanishing gʻoliblar

    “Sehrli qalpoqcha”dagi sayohat

     

    Reja:

    1. Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodida sarguzasht va fantastikaning o‘rni.

    2. “Sariq devni minib” asarining tili.

    3. Yozuvchi hikoyalaridagi qahramonlar xarakteri,

    ...
  • Yorugʻlik sari

    Kitob o‘qish hayotimizda qanday rol o‘ynaydi va nima uchun bizga kerak?

    – Yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi;

    – Inson fikrini jamlaydi;

    – Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi. Ota-ona o‘z farzandini mutolaaga o‘rgatar ekan, o‘zi bu ishda o‘rnak bo‘lishi kerak;

    – So‘z boyligimizni oshiradi;

    ...
  • Enaxon Siddiqova

    Enaxon Siddiqova 1954-yili Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida dehqon oilasida tavallud topdi. Farg‘ona davlat pedagogika institutining filologiya fakultetida (1972-1976) tahsil oldi. Oltiariq va Farg‘ona tumanlari maktablarida o‘qituvchi, maktab direktori vazifa­la­rida xizmat qildi (1976-1996). O‘zbekiston XDP Farg‘ona tumani ikkinchi kotibi (1996). “Farg‘ona haqiqati”,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.