- Rukn: Sheʼrlar
- 10831 marta ko‘rilgan
Bobojonim
Mening nuroniy bobom,
Juda-juda mehribon.
Bilar ishning ko‘zini,
Hikmat bezar so‘zini.
Yigitlar kabi chaqqon,
Ham dehqon-u ham bog‘bon.
Hammaga berar yordam,
Ezgu ishga bosh har on.
Bobomizni barchamiz,
Bobom har gal safardan
Olib kelar kitoblar.
“Bilimli bo‘linglar”, deb,
Bizga qilar xitoblar.
Bilganlarin o‘rgatar,
Unga mehrimiz ortar.
Dono va doim ziyrak.
Bobom barchaga kerak.
Intizor SAMANDAROVA,
Xorazm viloyati Gurlan tumani
32-maktab 9-sinf