- Rukn: Sheʼrlar
- 797 marta ko‘rilgan
Navroʻz
Navro‘z keldi yurtimga,
Boshlandi to‘y-tantana.
Ming yillarkim bu ayyom,
Shаrqdа go‘zal an’ana.
Kurash tushdi polvonlar,
Chopishdilar ko‘pkari.
Bitildi ko‘p dostonlar,
Navro‘z xalqning dur-zari.
Yangi kun quloch yozdi,
Endi olg‘a ziyoga.
Quvonchimiz sig‘madi,
Navro‘z kuni dunyoga.
Abdurayim TO‘YCHIYEV,
Toshkent shahridagi
International Management
Institute in Central Asia
(IMICA)ning 1-kurs talabasi