Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oʻzingni angla

Kelajaging o‘ylagan zamon,

O‘zligingni anglagin har on.

O‘zbekiston degan vatanda,

Yashayapsan baxtli begumon.

Dunyoda ko‘p vatanfurushlar,

Ular sabab isyon, urushlar!

Ko‘paymoqda dunyoda bugun

Qotil, xoin, og‘ufurushlar.

Ishonma yot mafkuralarga,

G‘irt bema’ni ma’ruzalarga!

Ular seni adashtiradi,

Yomonlikka yondoshtiradi.

Gar boshlasa yomonlik tomon,

Tushib qolsang bir zimistonga,

O‘zligingni anglagin shu on,

Farzandsan sen O‘zbekistonga!

 

Zarina UMIRBOYEVA,

Toshkent viloyati Parkent tumani

12-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.