- Rukn: Sheʼrlar
- 689 marta ko‘rilgan
Bahor
Bahor keldi o‘lkamga,
Yashil libosi bilan.
Qushlar qo‘ndi yelkamga
Yoqimli sasi bilan.
Qanday yaxshi kunlar ham,
Endi isiy boshlaydi.
Jilg‘alar ham quvonib,
Muz ko‘rpasin tashlaydi.
Varrak uchirib ko‘kda
Bolajonlar quvnashar.
Osmonda qaldirg‘ochlar,
Bahor kuyin kuylashar.
Shodlanar keksa-yu yosh,
Jilmayib boqar quyosh.
Yurtda boshlanar bayram,
Unga chiqaman men ham.
Lobar XOLBOYEVA,
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 205-maktab 9-sinf