- Rukn: Sheʼrlar
- 602 marta ko‘rilgan
Ey, Vatan!
Ey Vatan, gullagan so‘qmoqlaringda
Sohibqiron bobom izlarin ko‘rdim.
Mard askar o‘g‘lonlar nigohlarinda
Manguberdi tutgan mayoqni ko‘rdim.
Orif Oraziyning sabog‘in olib,
Ulug‘bek samoga qo‘yibdi narvon.
Xorazmiy bobomiz Аljabr bilan
Dunyo ulug‘larin etdi lol, hayron.
Ulug‘ allomalar yurtisan Vatan,
Ular sen suyangan ishonch tog‘laring.
Alloma bobolar izlaridan biz
Mardona qadamlar bilan boramiz.
Ona O‘zbekiston, bizlarga ishon,
Ertangni munavvar, porloq qilamiz.
Dilshoda RO‘ZIYEVA,
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani
56-IDUM 11-sinf,
“Yosh ijodkorlar” to‘garagi a’zosi