- Rukn: Sheʼrlar
- 521 marta ko‘rilgan
Bahor
Keldi qaldirg‘och,
Chiqdi kamalak.
Navro‘z ayyomi
Qildik sumalak.
Ochil binafsha,
Bahoroy keldi.
Varrak uchirdik,
Shabada yeldi.
Ajoyib fasl
O‘zingsan bahor.
Tarovatingda
Ko‘p mo‘jiza bor.
Sardor XUDOYQULOV,
Toshkent shahar Uchtepa tumani
44-maktab 7-sinf