Menga yoqqan fikrlar
1) Hech qachon sabringni yo‘qotma, bu eshikni ochuvchi so‘nggi kalitdir.
2) Muvaffaqiyat ko‘pgina omadsiz harakatlar natijasida tug‘iladi.
3) Faqat ko‘ngil ko‘zigina ochiq, eng asosiy narsani ko‘z bilan ko‘rolmaysan.
4) Barcha katta yoshdagilar ham qachonlardir bola bo‘lganlar, faqat bu haqida hammalari ham eslayvermaydilar...
Antuan de Sent-Ekzyuperi “Kichkina shahzoda” asaridan
* * *
Kechagina sizlar otangiz jasoratini abadiylashtirish maqsadida so‘rab-surishtirayotgan edingiz. Bugun bu ishni nevaralar qilishyapti. Ertaga evaralar, chevaralar davom ettirishadi. Otalar jasoratiga sodiqlik, urush olovini yoquvchilarga bo‘lgan nafrat hissi qondan qonga o‘tib yashayveradi. Demak, dunyo tinch bo‘ladi!..
Erkin Malik “Nevara” asaridan
* * *
1) Hodisa qanchalik g‘alati bo‘lsa, uning sirli tomonlari shu qadar kam bo‘ladi.
2) Odam hech narsa emas, hamma gap – ishda...
Artur Konan Doyl “Sherlok Xolms: Mallalar uyushmasi” asaridan
Nozimaxon RUSTAMBEKOVA,
Xorazm viloyati Urganch shahri
30-IDUMning 6-sinf o‘quvchisi