Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bolalar adabiyoti xalqaro shohsupada

“Til bilgan – el biladi”, deydi dono xalqimiz. Kuni kecha o‘zbek bolalar adabiyotida salmoqli ijod qilayotgan bolalar yozuvchisi, rassom va tarjimon Gulnoz Tojiboyeva tarjima san’atiga qo‘shayotgan hissasi uchun YUNESKO qoshidagi Butunjahon Yozuvchilar uyushmasining Vilyam Shekspir nomidagi Xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu xushxabar biz gulxanchilarni sevintirib yubordi. Chunki Gulnozning ilk bor yozgan ertagi “Gulxan”da chop etilgan. Bu hamkorlik hanuz davom etmoqda. Uni faxr bilan gulxanchi, deya olamiz. Gulnoza shu kungacha ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Mana  ular bilan tanishing:

Ozbekiston Badiiy Akademiyasining Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Yozuvchilar uyushmasining Bolalar va osmirlar adabiyoti kengashi raisi orinbosari, “HUMO” Xalqaro ertaklar tanlovining asoschisi. 

Gulnoz Tojiboyevaning “Ormon ertaklari” nomli birinchi kitobi 2006-yilda nashrdan chiqqan. Ayni paytda u bolalarga atalgan 10 dan oshiq kitoblar muallifidir.

2022-yilda Ozbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan otkazilgan “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” Respublika tanlovida uning “Jayhun va Alanga” ertak-qissasi faxrli 2-orinni egalladi.

2022-yili Fransiyaning Parij shahrida nashr etilgan “La fenKtre deParis” nomli Xalqaro antologiyadan Gulnoz Tojiboyevaning asarlari ham orin olgan.

Gulnoz Tojiboyevaning ertak va hikoyalari rus, qozoq, vyetnam, ingliz, koreys, belorus tillariga tarjima qilinib, MDH va chet ellardagi nufuzli adabiy nashrlarda chop etilmoqda.  

Tarjimon ozbek bolalar adabiyotini rivojlantirish uchun bo­lalar adiblarining asar­larini rus va ingliz tillariga ogirib MDH va chet davlatlarning nufuzli nashrlarida chiqarish bilan shugullanmoqda.

Adabiyot olamida ul­g‘ayib, bu­gun­gi kunda res­publikamizdagi va xalqaro miqyosdagi ko‘plab adabiy mu­kofotlarni qo‘lga ki­ritib kelayotgan ijod­­korni qutlagani  bor­ganimizda u shunday dedi:

— Har bir yutu­g‘imda ota-onam, oilam, ustozlarim va meni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan yaqinlarimning o‘rni beqiyos. Bu mukofot tarjima san’atida amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarimni yanada kuchaytirishga ruhlantiradi. Men yozuvchilar oilasida katta bo‘lganman. Onam Muhabbat Yo‘ldosheva va ukam Xurshid Tojiboyevlar nafaqat yozuvchi, balki uzoq yillik tajribaga ega tarjimon sifatida ham tanilganlar. Onamning “O‘zbek adabiyotini dunyo o‘qishi kerak” degan hayotiy shiorini men ham o‘zimga maqsad qilib olganman. Shuning uchun so‘nggi 5-6 yildan beri bolalar adabiyotimizni jahonga olib chiqish yo‘lida o‘zbek ijodkorlarining asarlarini tarjima qilib, xorijiy nashrlarda chop ettirish bilan shug‘ullanyapman. Bugungi kunda professional tarjima qilinayotgan o‘zbek bolalar adabiyoti jahon bolalar adabiyoti bilan raqobatlasha oladigan darajaga yetdi. Maqsadim – chet ellik kitobxon o‘zbek adiblarining asarlarini sevib o‘qishlariga erishish.

Biz ham Gulnoz Tojiboyevani Xalqaro mukofot bilan qutlab, yutuqlari bardavom bo‘lishiga va xayrli ishlariga omad tilaymiz!

 

Gulxan jamoasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.