Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” bilimdoni

1-savol: Bitmay qolgan ish; inson tanasining bir qismi; peshona teri bilan topilgan pokiza neʼmat; qilgan nojoʻya ishlar uchun koyish va oʻyinga yolgʻon aralashtirib nohaq oʻynash. Bu tushunchalarning umumiyligi nimada?

 

2-savol: Har birimiz yoshligimizda juda koʻp ertaklar, fantastik asarlar oʻqiganmiz. Yalmogʻiz kampir, uch boshli ajdarho, Oʻlmas Kashshey, koʻrinmas odam va hokazo. Qani, bir xotirangizni ishga solib, olti oyoqli, bir boshli, toʻrt koʻzli va dumi bor mavjudot muallifini topishga harakat qilib koʻringchi.

 

3-savol: Kunlarning birida Redyard Kipling ashaddiy dastxat yigʻuvchi bir insondan quyidagi mazmundagi xat oladi: “Janob Kipling, men Sizga dastxat umidida 5 marta xat yozdim, ammo barchasi bekor ketdi. Sizni, har bir soʻz uchun 5 funt gonorar oladi deb eshitgan edim. Men Sizga 5 funt yubordim, endi shunga yarasha javob qaytarasiz degan umiddaman”.

Aytingchi, Kipling qanday javob qaytargan?

 

4-savol: Qalmoq xalq maqoliga koʻra, U ayyorda 1 ta, epchilda 2 ta boʻladi. U haqidagi Tuva xalq maqolida esa unga erishish uchun yurish kerakligi taʼkidlangan. Qadimgi hindlarning bir maqoliga koʻra U ayol va shamolga qiyoslangan boʻlsa, boshqa bir maqolda vijdonsizda U boʻlmasligi taʼkidlangan. U nima?

Dilnavoz NAJIMOVA tayyorladi.

 

8-sonda berilgan savollarning javobi

1. Oʻsha yili Bernard Shou bironta asar chop etmagan edi. Soʻzamol boʻlgan yozuvchi bironta asar yozmadim, bu bilan insoniyatga yordam berdim, yaʼni odamlarni qiynamadim, deya hazil qilgan.

2. Toʻgʻrisoʻz, yaʼni faqat toʻgʻriga yuruvchi toʻra shohdan uzoqda, eng chekkadan joy olgan, aksincha ot, fil va farzin esa shohning yonginasidan joy olgan. Donishmandlar misol tariqasida, shahmat doskasini eslab oʻtishgan.

3. Ananas. Shu sababdan ham bir qator Lotin Amerika davlatlarida nikoh toʻyida ananas sharbati ichish odati mavjud.

4. Bolalar aravachalari, yaʼni kolyaskalari. Kolyaskalarning zamonaviylarida asosan bolalar ota-onalarga teskari qarab oʻtiradi va ular ota-onalari gapirayotganda ularning ogʻiz harakatlarini va imo-ishoralarini koʻra olmaydi. Baʼzan esa umuman eshita olmasligi mumkin. Ammo oldingi, eski kolyaskalarni eslasangiz, ularda bola ota-onasiga qarab yotar edi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.