Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Metin qalqonimiz bor

Ona  kabi  aziz

Makonimiz  bor!

O‘zbekiston  degan

Bo‘stonimiz  bor!

        

Ko‘hna,  tarixi  boy,

Go‘zal,  jarangdor –

O‘zbek tili  degan

Zabonimiz  bor!

 

Bunda  barcha  millat –

Totuv oila! 

Chin  qalbdan  ahillik

Tomonimiz  bor!

 

Farovon  yashaymiz

Go‘zal  chamanda.

Kelajagi  buyuk

Oshyonimiz  bor!

 

Ziyrak  lochin  kabi

Doimo   hushyor,

Sarhadlarda  sergak

Posbonimiz  bor!

 

Qal’amiz  mustahkam!

Ontiga   sodiq,

Askarlari – metin

Qalqonimiz bor!

 

Eshniyoz  BURXONOV,

Qashqadaryo viloyati

Chiroqchi tumani 4-maktab matematika o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.