Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oʻrganish, izlanish va intilishdan aslo toʻxtamang!

...qalbi pok orzu-umidlar bilan toʻlgan sizlar kabi navqiron, azm-u shijoatli yoshlarimiz timsolida biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan taʼlim-tarbiya sohasidagi saʼy-harakatlarimizning yana bir amaliy natijasini, xalqimiz va Vatanimiz kelajagini koʻramiz...

...hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

Sizlarning hayotda oʻz munosib oʻrningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini toʻla safarbar etadi.

Xalqimizning ana shunday yuksak ishonchiga doimo munosib boʻling!

Sizlarning oʻz oldingizga yuqori maqsadlar qoʻyib, vaqtingizni behuda oʻtkazmay, doimo bilim va koʻnikmalaringizni oshirib borishingiz, yangi kasb-hunarlarni egallashingiz va eng asosiysi, oʻz maqsadingiz sari tinmay harakat qilishingiz, albatta kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz garovidir.

Oʻrganish, izlanish va intilishdan aslo toʻxtamang!

 

Shavkat Mirziyoyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.